Siyosiy jarayonlarda ayollarning faolligi oshmoqda

    Ayol-jamiyat koʻzgusi, millat tarbiyachisi.

    Soʻnggi paytlarda XDP tashabbusi bilan mahallalarda aholi, shu jumladan, xotin-qizlar bilan muloqot olib borishning mutlaqo yangicha tizimi yoʻlga qoʻyildi. Shu asosda shahar va qishloqlarda uyma-uy yurib, oilalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni oʻrganish, ulardagi mavjud muammolarni hal etish tajribasi shakllandi.

    Ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar va xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvvatlash, ularning doimiy daromad manbaiga ega boʻlishini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston XDP Shofirkon tuman kengashi tomonidan tumandagi Axborot resurs markazida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

    Tadbirda soʻzga chiqqanlar partiyaning oʻtgan davrlarda amalga oshirgan ishlari va kelgusidagi rejalari, dasturiy maqsadlari toʻgʻrisida batafsil toʻxtalib oʻtdi. Saylov qonunchiligidagi oʻzgarishlar va yangiliklar shuningdek, 2024-yilda oʻtkaziladigan saylovlarda xotin-qizlarning faolligini yanada oshirish lozimligi taʼkidlandi.