Tadbirda O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori M.Boltaboev, Skeyt O'zbekiston assotsiatsiyasi raisi A.Ahmedov, assotsiatsiya bosh kotibi K.Usmonov, Belbog'li kurash federatsiyasi raisi R.Dastirov va sport jamoatchiligi qatnashdi.
Skeyt O'zbekiston assotsiatsiyasi bosh kotibi K.Usmonov skeyt va roller sport turlari to'g'risida yig'ilganlarga qisqacha ma'lumot berdi.
Tadbirda tashkiliy masala ko'rildi. Unda Skeyt O'zbekiston assotsiatsiyasining ta'lim sohasini rivojlantirish masalalari bo'yicha rais maslahatchisi lavozimiga Mahmudjon Boltaboev hamda Toshkent viloyati hududiy bo'linmasiga Ravshan Dastirov jamoatchilik asosida rais etib saylandi.