Samolyotning birinchi kelishi an'anaviy tarzda suv arkasi bilan kutib olindi.

Polshaning Vrotslav aeroportida joylashgan kompaniya ikkita Boeing 767-200 yuk samolyotidan iborat parkga ega va Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlariga charter va rejali yuk reyslarini amalga oshiradi.

SkyTaxi charter asosida haftasiga olti marta reyslarni amalga oshiradi. Yuk tashuvchi samolyotlar Xitoydan O‘zbekiston orqali Yevropaga va ortga uchadi. “Toshkent” aeroporti aviakompaniya samolyotlarining texnik qo‘nishi, yoqilg‘i quyish va ekipajni almashtirish uchun transfer punktiga aylanadi.