Uchrashuvlar davomida tomonlar sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va yangi ishlab chiqarish tashabbuslarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq qadamlarni muhokama qildilar. Mashinasozlik, metallurgiya, agrosanoat majmui, energetika, farmatsevtika, ekologiya, transport, moliya va infratuzilmani rivojlantirish sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tashrif yakunlari bo‘yicha barcha e’lon qilingan tashabbuslar bo‘yicha qo‘shma yo‘l xaritasini tayyorlash, shuningdek, joriy yil kuzda O‘zbekistonda ikki tomonlama biznes-forum o‘tkazish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.








