UzAuto Motors rasmiy sayti va mobil ilovasi nega ishlamay qoldi?

    Transport 18 Dekabr 2023 1518

    Ijtimoiy tarmoqlarda ommabop avtomobillarni xarid qilish uchun shartnomalar ochilishi mumkinligi haqida xabar tarqaldi.

    Lekin UzAuto Motors esa fuqarolardan 18-dekabr kuni ommabop avtomobillarni xarid qilish uchun shartnomalar ochilishi mumkinligi boʻyicha tarqalgan maʼlumotlarga ishonmaslikni soʻradi.

    UzAuto Motors axborot xizmati maʼlum qilishicha, kompaniyaning rasmiy kanallarida kontraktatsiya boshlanishining aniq sanasi toʻgʻrisida xabar beriladi.

    UzAuto Motors kompaniyasi oʻz mijozlaridan hushyor boʻlishni va shaxsiy maʼlumotlarini, ayniqsa, davlat portalidagi shaxsiy maʼlumotlarni uchinchi shaxslarga bermaslikni soʻradi.

    Onlayn shartnoma tizimi barcha uchun mutlaqo bepul va tizimda hech kim uchun qandaydir alohida kirishni taʼminlaydigan imkon yoʻq.