Bu haqda Bu haqda Qashqadaryo viloyati prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, jamgʻarma viloyat filialining sobiq boshligʻi oʻziga ishonib topshirilgan mablagʻlarni oʻzlashtirish uchun Qarshi shahridagi faoliyat koʻrsatuvchi MCHJ rahbari bilan jinoiy til biriktirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 167- va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dastlabki tergov davomida 2 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Tergovning borishi viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan. Tergov yakuni boʻyicha batafsil axborot beriladi.