Afsuski, ushbu bemorlarning 8243 nafari koronavirusga qarshi vaksina olmagan. Kasallanganlarning bor-yo‘g‘i 358 nafari, yaʼni 4,1 foizi COVID-19 ga qarshi emlangan, xolos.  Ularning orasida o‘lim holati qayd etilmagan.

Aksincha, vaksina olmagan bemorlarda kasallik og‘ir va o‘ta og‘ir darajada kechib, hatto o‘lim holatlari ham kuzatilgan.

Shundan kelib chiqqan holda, Sog‘liqni saqlash vazirligi yana bir bor yurtdoshlarimizni o‘z salomatligiga eʼtiborli bo‘lib, koronavirusga qarshi vaksina olishga hamda buster doza bilan emlanishga chaqiradi.