Soliq mobil ilovasi orqali berilgan jami keshbeklar 1 trln 79 mlrd soʻmdan oshdi

    Moliya 26 Aprel 2023 1130

    Soliq qoʻmitasi mart oyida 2,2 mln nafarga yaqin isteʼmolchilar tomonidan 118 mlrd soʻmdan ortiq keshbek yigʻilganini maʼlum qildi.

    Ayni paytda 1,6 mln nafarga yaqin isteʼmolchiga 76,3 mlrd soʻm toʻlab berildi.

    Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida oʻtgan oylar uchun yana 1,2 mlrd soʻm keshbek tasdiqlandi.

    Soliq mobil ilovasi orqali berilgan jami keshbeklar 1 trln 79 mlrd soʻmdan oshdi.

    Tadbirkorlik subyektlari tomonidan:

    • soliq hisobotlari topshirilishi;
    • hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi;
    • soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda toʻlab boriladi.