«Fevral — mart oylarida migrantlarimizdan kelib tushayotgan murojaatlarning mazmuni koʻproq oʻzgardi. Masalan, oʻtgan ikki oyda 2,2 mingdan ortiq fuqaroga huquqiy yordam koʻrsatilgan boʻlsa, buning 1,3 mingdan ortigʻi ish haqini vaqtida ololmaslik bilan bogʻliq murojaatlar hisoblanadi.
Ilgari bu mazmundagi murojaatlar 10-15 foiz atrofida boʻlgan. Biroq soʻnggi oyda uning darajasi keskin oshdi», — deya taʼkidladi Axmatov.