Shuningdek, ushbu davlat boji va yig‘imlar stavkalarini 2022 yil uchun davlat byudjetining parametrlarini shakllantirishda qayta ko‘rib chiqishni so‘rab, Moliya vazirligiga deputatlik so‘rovi ham yuborilgan.
Parlament a’zosining murojaatiga javoban Moliya vazirligi 2022-yilgi davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda avtomobillarni xarid qilishda to‘lanadigan yig‘imlarni bekor qilish rejalashtirilganini ma’lum qildi.
"Bu esa sotib olingan avtotransport vositasini DYHXXda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun transport vositasining ot kuchi va ishlab chiqarilgan sanasidan kelib chiqqan holda fuqarodan undiriladigan bir necha million so‘mlik to‘lov bekor bo‘lishini anglatadi", deydi Doniyor G'aniyev.
Bundan tashqari, Moliya vazirligi va Adliya Vazirligi tomonidan avtomobil oldi-shartnomasini notarial rasmiylashtirish uchun belgilangan davlat boji miqdorlari ham qayta ko‘rib chiqilganligi hamda ularni pasaytirish yuzasidan “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgrtirish kiritish yuzasidan qonun loyihasi ishlab chiqilayotganligi ma’lum qilingan.