Majburiy byuroning Koson tuman boʻlimi ish yurituvida Fuqarolik ishlari boʻyicha Koson tumanlararo sudining 2023-yil 26-dekabrdagi ijro varaqasiga koʻra undiruvchi Z.Botirova va uning 2 nafar voyaga yetmagan farzandini Koson tumanida joylashgan turmush oʻrtogʻining uyiga kiritish toʻgʻrisidagi ijro hujjati Byuroning Koson tuman boʻlimi ish yurituviga kelib tushgan.
Byuroning tuman boʻlimi davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritish toʻgʻrisida qaror qabul qilinib, taraflarga maʼlum qilingan. Qarzdor 2-marotaba boshqa ayolga uylanib, oʻsha uyda birga yashayotganligi sababli, sobiq turmush oʻrtogʻi va bolalarni uyga kiritmay, qarshilik koʻrsatib kelgan.
Joriy yilning 25-fevral kuni Byuroning tuman boʻlimi tomonidan majburiy ijro harakatlari tayinlandi. Bu jarayon albatta, davlat ijrochilarining xatti-harakatlariga qarshiliklar boʻlsa-da, xodimlar oʻzlariga yuklatilgan vazifani bajarishdi va undiruvchi 2 nafar farzandlari bilan sud qarorida koʻrsatilgan manzilga xolislar ishtirokida kiritib qoʻyildi.