Falcon 9 raketasi Starlink orbital internet tarmog'i uchun 52 ta mini-sun'iy yo'ldoshning navbatdagi partiyasini muvaffaqiyatli olib chiqdi.

Uchirish Floridadagi Kanaveral uchirish maydonchasidan AQSHning Sharqiy sohilidagi vaqti bilan 03:10 da amalga oshirildi.

Bu Starlink loyihasi doirasida 2019-yilning may oyidan beri sakson to'qqizinchi va joriy yil boshidan beri yigirmanchi bor sun'iy yo'ldoshning uchirilishidir, deb xabar beradi korrespondent.net.