Sport gimnastikasi bo'yicha jahon kubogi bosqichlari 2021 yilga qoldirildi

    Sport 29 Iyun 2020 2393

    Koronavirus kasalligining keng yoyilishi oqibatida xalqaro ahamiyatga molik ko'plab sport musobaqalarining muddatiga o'zgartirishlar kiritilmoqda.

    Bugun xalqaro gimnastika federatsiyasi ham 2020 yil o'tkazilishi lozim bo'lgan eng ahamiyatli musobaqalarining 2021 yilga qoldirilganligini e'lon qildi.

    Xalqaro olimpiya qo'mitasining rasmiy saytida ta'kidlanishicha, joriy yil taqvimidan o'rin olgan Germaniya(SHtutgart), Buyuk Britaniya(Birmingem) va YAponiya(Tokio) davlatlarida bo'lishi kutilayotgan jahon kubogi bosqich musobaqalari 2021 yilning qaysi sanalarida o'tkazilishini xalqaro gimnastika federatsiyasi ochiq qoldirgan.

    To'lqin RO'ZIEV.