Maʼlumki, ayni paytda asosiy terma jamoalarimiz Yangiobod va Dukent oʼquv bazalarida shugʼullanishmoqda. U yerda taekvondo, paralimpiya, sport kurashlari, qilichboz va bokschilarimizni uchratishimiz mumkin.

MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi vakillari har kuni sportchilarimizning salomatligini koʼzdan kechirish qatorida, ulardan PZR test sinovlarini olishmoqda. Kuniga kamida ikki mahaldan tana haroratlari oʼlchanib, salomatliklari bilan bogʼliq barcha jarayonlar koʼzdan kechirilmoqda.

Oʼz navbatida federatsiyalar shifokorlari bilan suhbatda, hozirgi vaziyatdan kelib chiqqan holda yangicha talablarga rioya qilish, ijtimoiy masofaga rioya qilish boʼyicha tegishli koʼrsatmalar berilmoqda.