Musobaqada 22 mamlakatdan 10 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan 2 mingga yaqin sportchi bahslashdi. Xalqaro turnirning soʻnggi kunida 10 ta vazn toifasida havaskorlar oʻrtasidagi final janglari boʻlib oʻtdi.
Hamyurtlarimizdan -52 kilogramm vaznda ringga chiqqan Nazarbek Mahmudov hindistonlik Das Ishanni, Lazizbek Begmatov (-57 kg) qozogʻistonlik Talgat Bukbassarovni, Islom Tursunqulov (-67 kg) qirgʻizistonlik Erlan Bayzakovni, Umar Alibekov (-71 kg) turkiyalik Hakan Karagozni, hamyurtlarimiz ishtirokidagi jangda Sulaymon Solihov (+91 kg) Bekzod Ravshanovni magʻlubiyatga uchratib, xalqaro turnir gʻolibiga aylandi.
Qolgan vazn toifalarida esa iordaniyalik Aday Almaxarmen (-63,5 kg), turkmanistonlik Gochmirat Jumaniyozov (-75 kg), isroillik Yuliya Sachkova (-48 kg), qozogʻistonlik Botirxon Quandiqov (-67 kg), qirgʻizistonlik Adilet Bekjan uulu (-75 kg) oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Oʻzbekiston kikbokschilari yakunda umumjamoa hisobida 10 ta vazndan 5 tasida gʻolib chiqib, birinchi oʻrinni egalladi. Qozogʻiston ikkinchi oʻrinni band etgan boʻlsa, kuchli uchlikka Qirgʻiziston terma jamoasi yakun yasab berdi.