Rossiya, Xitoy, Belarus va Oʻzbekiston terma jamoalari ishtirok etgan turnirda sportchilarimiz 2 tadan oltin va kumush hamda 1 ta bronza, jami 5 ta medal bilan umumjamoa hisobida 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi, deya xabar bermoqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.

Jumladan, hamyurtlarimiz 800 metr masofada kechgan bahslarda M8+ va LM1x dasturlarida oltin, W1x va W4x yoʻnalishida kumush, M2x bahsida bronza medaliga sazovor boʻldi.