Sportsevar oilalar bellashuvi

    Bahslarda Shirin shahridagi “A.Temur”, “Doʻstlik”, “M.Ulugʻbek”, “Bunyodkor”, “Farhod”, “Nurobod”, “Vatanparvar” MFY dan jami 7 ta faol oilalar qatnashdi.

    XDP Shirin shahar kengashi tashabbusi bilan Shirin shahar Oila va xotin-qizlar boʻlimi bilan hamkorlikda Bolalar sport maktabida “Sogʻlom oila” shiori ostida sport musobaqasi oʻtkazildi. Bellashuvlarni boshlashdan avval OʻzXDP Shirin shahar kengashi raisi N.Akramova, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi D.Umarovalar soʻzga chiqib, sogʻlom turmush tarziga rioya qilishning ahamiyati haqida tushuntirishlar berib, qatnashchilarga omad tiladi.

    Bahslarda Shirin shahridagi “A.Temur”, “Doʻstlik”, “M.Ulugʻbek”, “Bunyodkor”, “Farhod”, “Nurobod”, “Vatanparvar” MFY dan jami 7 ta faol oilalar qatnashdi.

    Sport musobaqasini oʻtkazishdan maqsad oilalarda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ommaviy sport turlarining inson va oila hayotidagi oʻrni, jismoniy va maʼnaviy sogʻlomlikni targʻib qilish, sport bilan muntazam shugʻullanish uchun sharoitlar yaratishdan iboratdir.

    Oilaviy jamoalar yugurish, sakrash, akrobatika, toʻpni nishonga otish, estafeta, arqon tortish boʻyicha kuch sinashdi. Keskin va murosasiz oʻtgan bellashuvlarda “Nurobod” MFY dan qatnashgan Bekboltayevlar oilasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

    Gʻolib va sovrindorlarga esdalik sovgʻalari, diplomlar topshirildi.