Bugun barcha tibbiy koʻriklar ijobiy natija koʻrsatgani va bolaning ruhiy holati meʼyorida ekani inobatga olinib, unga yaqinlari hamrohligida uyiga ruxsat berildi. Qizaloq hozircha buvisining qaramogʻida boʻladi.

Estatib oʻtamiz, Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan jajji bemor Z.A.ning 18 yoshga toʻlguniga qadar salomatligini doimiy nazorat qilish uchun Bolalar milliy tibbiyot markazi va uning direktori, tibbiyot fanlari doktori Alisher Sharipov shaxsan masʼul etib belgilangan, deya xabar bermoqda SSV.