“2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Prezident farmoniga koʻra, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy maʼlumotnomalar berilishi bosqichma-bosqich elektron shaklga oʻtkaziladi.

Bunda:

  • vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy maʼlumotnomalarni berish Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida — 2023-yil 1-iyuldan boshlab;
  • Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida — 2023-yil 1-oktyabrdan boshlab, respublikaning boshqa hududlarida — 2024-yil 1-yanvardan boshlab elektron shaklga oʻtkaziladi.
  • 2024-yil 1-yanvardan boshlab vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy maʼlumotnomalarni qogʻoz shaklda talab qilish taqiqlanadi.
  • 2023-yil 1-iyuldan boshlab Toshkent shahrida bosqichma-bosqich davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy etiladi.
  • 2023-yil yakuniga qadar nogironligi boʻlgan shaxslarni ambulator va statsionar sharoitda bepul tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya choralari bilan qamrab olish koʻlami 30 ming nafarga yetkaziladi.