Bu jarayonda xususiy startap markazlarini tashkil etish uchun Yoshlar jamgʻarmasidan besh yil muddatga 5 milliard soʻmgacha foizsiz ssuda beriladi.
Bundan tashqari, Markaziy bankda Fintex ofisi va Innovatsion xab tashkil etilib, unga Singapurdan mutaxassislar jalb qilinadi. Natijada yiliga 15-20 ta fintex startapni tashqi bozorga olib chiqish, ularga jami 1 milliard dollar investitsiya jalb qilish imkoniyati yaratiladi.
Umuman, venchur fondlar, startaplar, fintex kabi yangi moliyaviy instrumentlar bozorini rivojlantirish, mazkur sohadagi barcha ishtirokchilar huquqlarini qonun bilan kafolatlab qoʻyish zarurligi taʼkidlandi.
Prezidentimiz parlamentni Hukumat bilan birgalikda “Muqobil investitsiya jamgʻarmalari toʻgʻrisida”gi qonunni ishlab chiqishga chaqirdi.