Ushbu format barcha ishtirok etuvchi jamoalar uchun ajoyib amaliyot va raqamlashtirish sari amaliy qadamdir. Texnologiyalarni ishlab chiqish va innovatsiyalarni rivojlantirishda startaplar hayotiy muhim rol o‘ynaydi. Iqtisodiy rivojlanishning hozirgi bosqichida innovatsion tadbirkorlik (startaplar) haqli ravishda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi.
Bu yil pandemiya tufayli “Startap tashabbuslari” qo‘llab-quvvatlash dasturi ilk bor to‘liq onlayn tarzda o‘tkaziladi. Ushbu format barcha ishtirok etuvchi jamoalar uchun ajoyib amaliyot va raqamlashtirish sari amaliy qadamdir.
Joriy yilda dastur o‘z ishini Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi, "Yoshlar-kelajagimiz" jamg‘armasi, O‘zbekiston yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Dasturiy ta’minot va axborot texnologiyalari texnoparki (IT-park) hamda ularning hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va respublikaning barcha hududlarida tashkil etadi. Unda eng istiqbolli 40 ta loyiha jamoalari (har bir viloyatdan 3 tagacha va Toshkent shahrida 10 tagacha loyiha) yakuniy taqdimotlar natijasiga ko‘ra o‘z startaplarini amalga oshirish uchun 50 million so‘mgacha maqsadli grantlar bilan taqdirlanadi. Bu grantlar "Yoshlar-kelajagimiz" jamg‘armasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi tomonidan Yaponiya hukumati moliyaviy ko‘magi asosida ajratiladi.
Qo‘llab-quvvatlash dasturi, loyihalarni tanlash mezonlari va ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotni www.startupinitiatives.uz sahifasidan olishingiz mumkin. Arizalar 2020-yilning 16-sentabrgacha qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, “Startap tashabbuslari” qo‘llab-quvvatlash dasturi 5 yildan beri faoliyat yuritib, bu yil Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat Munosabatlari vazirligining "O‘zbekistonda yoshlar bandligiga ko‘maklashish" qo‘shma loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasi moliyaviy ko‘magi asosida amalga oshirilmoqda.