Aziz Abduhakimov xorijiy maslahatchiga Oʻzbekistonning turizm sohasidagi soʻnggi islohotlar, investitsion imkoniyatlar, sohadagi yangi yoʻnalishlar, shuningdek sayyohlar uchun yaratilayotgan “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” epidemiologik xavfsiz sharoitlar haqida batafsil maʼlumot berdi.

Suma Chakrabarti, oʻz oʻrnida, turizm sohasi Oʻzbekiston milliy iqtisodiyotining asosiy lokomotivlaridan biriga aylanishi mumkinligini taʼkidladi.

Tomonlar pandemiyadan keyingi davrda Oʻzbekiston brendingi va turizmni rivojlantirish strategiyasini yangilash masalalari boʻyicha fikr almashishdi. Shu bilan birga, madaniy meros obyektlarini samarali boshqarish, aviatashuvlar tizimini rivojlantirish istiqbollari va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish hamda yangi turistik zonalarni yaratishga YETTB (Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki) va boshqa xalqaro moliyaviy institutlar imkoniyatlarini faol jalb qilish masalalari muhokama qilindi.