Soʻnggi haftalarda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasining yengil shakllari yoki kasallik alomatlarsiz oʻtish holatlari koʻpayganligini inobatga olib, shuningdek, Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining bu boradagi tavsiyalarini eʼtiborga olgan holda fuqarolarning sogʻligʻini himoya qilish

va xavfsizligini taʼminlash maqsadida supermarket va boshqa yirik doʻkonlarga kirishda ularni bepul qoʻlqop bilan taʼminlash nazarda tutilmoqda.

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan, 2020-yil 8-iyundan boshlab “sariq” va “yashil” hududlarda jamoat transportida shahar (tuman) va shahar atrofi yoʻnalishlari boʻyicha avtobus harakatlariga ruxsat berilgan edi (damas, mikroavtobus va metropoliten faoliyati bundan mustasno).

Biroq, bu boradagi monitoring natijalari avtobus salonida ijtimoiy masofani saqlash bilan bogʻliq karantin talablarini buzib, tirbandlik hosil qilgan holda yoʻlovchi tashish holatlari uchrayotganligini koʻrsatmoqda. Bu esa, aholi oʻrtasida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga sabab boʻlishi mumkin boʻlgan holat sifatida epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.

Shu munosabat bilan Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi va Transport vazirligiga avtobus reyslarida tirbandlikka yoʻl qoʻymaslik hamda boshqa sanitariya-epidemiologiya talablariga qatʼiy rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish topshirildi.