Bu haqda Reuters o'z manbalariga tayanib xabar berdi.
Uchrashuv chog'ida Al-SHara' va Erdog'an Suriyaning markazida Turkiya harbiy-havo bazalarini tashkil etish va Suriyaning yangi armiyasini tayyorlashni o'z ichiga olgan mushtarak mudofaa paktini muhokama qilishdi. Turkiya Suriya havo hududidan harbiy maqsadlarda foydalanishi mumkin bo'ladi, deya xabar beradi manbalar.
Suriya xavfsizlik xizmati vakilining anonimlik sharti bilan aytishicha, muhokama qilinayotgan bazalar kelajakda har qanday hujumlar sodir bo'lgan taqdirda Turkiyaga Suriya havo hududini himoya qilishga imkon beradi. Mintaqaviy razvedka xodimi aviabazalar Palmira harbiy aeroporti va Suriya armiyasining T4 bazasida tashkil etilishi mumkinligini taxmin qildi, ikkala obyekt ham Homs viloyatida joylashgan, deb xabar beradi report.az.