Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.
Maʼlumot uchun, Surxon davlat qoʻriqxonasi 1986-yil 8-sentyabrda Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida tashkil etilgan. Hududda 190 turdan ortiq hayvonot dunyosi vakillari uchraydi. Shundan 25 turi Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Qoʻriqxonadagi fotoqopqonlarga tushgan morxoʻr va boltayutar qushi Oʻzbekiston Qizil kitobi va TMXI Qizil roʻyxatiga kiritilgan.