Bu haqida Kasbiy ta’lim agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 30 sentyabr kuni o‘quvchining otasi mazkur holat yuzasidan ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Vakolatli organlar tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida holatga huquqiy baho berilgan. Mazkur holat bo‘yicha sud muhokamasi o‘tkazilib, qonunchilik talablariga muvofiq tegishli jazo chorasi qo‘llanilgan.

Holat aniqlangach, Kasbiy ta’lim agentligi tomonidan texnikumda xizmat o‘rganishi tashkil etilgan. Unda voqeaning kelib chiqish sabablari va mas’ul xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishi o‘rganilgan.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, xizmat vazifalarini bajarishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun texnikum direktorining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari I. Chor shanbiyev hamda psixologi Ya. Kenjayeva lavozimidan ozod etilgan.

Texnikum direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari D. Tilova, ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha o‘rinbosari B. Umirov va fizika fani o‘qituvchisi G. Turdiyevaga esa hayfsan intizomiy jazosi qo‘llanilgan.

Shuningdek, o‘quvchiga nisbatan nomaqbul xatti-harakat sodir etgan ishlab chiqarish ta’limi ustasi K. E. Erniyozov bilan tuzilgan mehnat shartnomasi qonunchilik talablarihamda Kasbiy ta’lim agentligi direktorining mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan ish muhitini ta’minlash to‘g‘risidagi buyrug‘iga muvofiq bir tomonlama bekor qilingan.