Unda Surxondaryo viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi, viloyat IIB xavfsiz turizmni taʼminlash hamda migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalari, shuningdek vohadagi turistik obyektlar, turfirmalar, mehmonxonalar, taksi xizmati koʻrsatish uyushmalari mutasaddi xodimlari qatnashdi.
Pandemiya davrida turistlar xavfsizligini taʼminlash, mahalliy va xorijlik sayyohlar oqimini koʻpaytirish, xizmat koʻrsatish sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirda vohaning boy turistik imkoniyatlari haqida fikr almashildi. Shuningdek, mehmonxona va turistik obyektlarni belgilangan tartib asosida zamonaviy uskunalar bilan jihozlash boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.
Bugungi kunda viloyatda 101 turistik obyekt mavjud boʻlib, ulardan 49ta mehmonxona, 141ta oilaviy mehmon uyi, 9ta xostel faoliyat yurityapti. Mahalliy va xorijlik sayyohlarga jami 40ta turistik firma xizmat koʻrsatib kelyapti.
Ayni paytda viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi uchun yangi bino barpo etilyapti. Zamonaviy bino foydalanishga topshirilgach, “Call-markaz” tashkil etilib, turistik obʼyektlar kuzatuvi integratsiya qilinadi.
Tadbirda sayyohlarni mehmonxonaga joylashtirish, transport xizmati koʻrsatishga doir fikr-mulohazalar ham bildirildi, deb xabar beradi Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati.