Jinoyat ishlari boʻyicha Uzun tuman sudi hukmi bilan 1981-yilda tugʻilgan A.Sh. Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 126-1, 127, 25, 135 va 138-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Sud unga 13-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Shu ish doirasida 1975-yilda tugʻilgan M.Sh., 1978-yilda tugʻilgan K.Sh. va 1951-yilda tugʻilgan Z.A. ham aybdor deb topildi. Sud hukmiga koʻra, M.Sh. va K.Sh.ga 9-yildan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Z.A.ga esa 5-yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi berildi.