Mazkur metodik guruhlar oʻz faoliyatini boshlashidan avval uning aʼzolariga metodik guruhlarning faoliyat tartibi, vazifalarini tushuntirish maqsadida viloyat Malaka oshirish hududiy markazida uchrashuv oʻtkazildi. Unda viloyatdan 3 ta pedagogik yoʻnalishdagi oliy oʻquv yurtlari, Termiz davlat universiteti, Termiz pedagogika instituti, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektorlari, dekanlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti direktori tomonidan metodik guruhlar faoliyati boʻyicha taqdimot qilindi.

Metodik guruh aʼzolari bilan taʼlim sifati past maktablarda oʻqituvchilarning mahoratini oshirish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.