Viloyat hokimligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, izlanishlar davomida turli xil sopol idishlar, qurol-aslahalar, taqinchoqlar, haykalchalar, shaharcha minoralari qoldiqlari hamda turli qadimiy qabrlar aniqlandi.
Olimlarning dastlabki xulosalariga koʻra ushbu arxeologik topilmalar eramizdan avvalgi II – eramizning III asrlariga oid Qangʻ, Kushon va Yuechji (massagetlar) davriga tegishli ekanligi aniqlangan.
Hozirda hududda Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan oʻrganish ishlari davom ettirilmoqda.