Ushbu qo‘shma korxona suv taʼminoti va oqova suv inshootlarini zamonaviy xalqaro meʼyor va talablar bo‘yicha qurish bilan shug‘ullanadi.
Bundan tashqari, asosan, shahar sharoitida ijtimoiy obyektlar yoki binolar va avtomobil yo‘llariga zarar yetkazmay, quvurlarni handaq (transheya) qazimasdan o‘rnatish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalar jalb etiladi.