Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi, O'zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo'limi hamda viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamkorligida viloyatda kishloq xo'jaligi sohasida suvni tejash texnologiyalari loyihalari bilan jurnalistlarni keng tanishtirish maqsadida Karmana tumanida press-tur tashkil etildi.  

Tadbirda mahalliy ommaviy axborot vositalari va respublika OAVlarining viloyatdagi muxbirlari, jurnalist va blogerlar, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi bosh yurist-konsul`tanti,
fermer xo'jaligi rahbarlari va Kuyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi hamda tuman bo'limi xodimlari  ishtirok etdi. 

Dastlab jurnalistlar Karmana tumanidagi "SHahriyor Agro eksport" MCHJga tegishli bo'lgan 300 gektar ozuqabop mahsulot etishtiruvchi  jamiyatida bo'lib, Ukraina davlatidan o'z mablag'lari hisobidan 408 ming AKSH dollari evaziga olib kelingan yomg'irlatib sug'orish texnalogiyasi bilan tanishishdi.
   
SHundan so'ng bir guruh jurnalistlar Karmanada  faoliyat yuritayotgan  “Kumushkon -2019” fermer xo'jaligida bo'lib,  97 gektar maydonda paxta, g'alla mahsulotlari  uchun 2,4 mlrd so'mga olib kelingan tomchilatib sug'orish    texnologiyalarini ham ko'zdan kechirishdi.

SHuningdek, Quyi Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi tomonidan 2020 yilda viloyatimiz bo'yicha jami 40 ta fermer xo'jaliklarida 1835 gektar paxta maydoniga tomchilatib sug'orish texnologiyasi joriy etilgan.

Joriy yilning 1-choragi mabaynida hosil uchun viloyat bo'yicha talabgorlar va  pudratchi tashkilotlari o'rtasida rejadagi jami 9403 gektar o'rniga 12567 gektar tomchilatib sug'orish va 559 gektar yomg'irlatib sug'orish ishlari amalga oshirilgan.