Bu haqda tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimiga soat 08-50 da xabar kelib tushgan.
Mazkur holat yuzasidan zudlik bilan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borib, kanal ichidagi avtomashina salonidan haydovchini behush holatda chiqarib oldilar.
Ayanchlisi, tuman tez yordam xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tibbiy yordam va muolaja ishlariga qaramasdan fuqaro vafot etgan, deb xabar beradi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.