hududlarda maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmat koʻrsatish uchun majburiy toʻlov tariflari dastlab narxlarni tartibga solish organlari xulosalari olinib, keyinchalik tegishligicha mahalliy Kengashlar qarorlari bilan maʼqullanganidan soʻng tasdiqlanadi;

maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni kompleks amalga oshirish klasterlariga xizmat koʻrsatish uchun biriktirib berilgan hududlarda ikkilamchi xom ashyoni (metall parchalari va chiqindilarini sotib olishdan tashqari) qabul qilish shoxobchalari orqali tayyorlash mazkur klasterlar tomonidan amalga oshiriladi;

ikkilamchi xom ashyoni maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan tashkilotlarning roziligisiz ajratib olish va oʻzlashtirish taqiqlanadi;

qurilish ishlarida hosil boʻladigan chiqindilar birinchi navbatda takroriy foydalanish, qayta ishlashga yoki utilizatsiya qilishga yoʻnaltiriladi;

xonadonlar soni 300 tadan ortiq boʻlgan koʻp qavatli uy-joylar maishiy chiqindilarni toʻplash shoxobchalari bilan taʼminlanmagan boʻlsa, foydalanishga qabul qilishga ruxsat berilmaydi;

aholi tomonidan Davlat ekologiya qoʻmitasining Internet tarmogʻidagi maxsus axborot tizimiga yuborilgan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar haqidagi fotosuratlar va videoyozuvlar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi;

fotosuratlar va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar huquqbuzardan undirilgan jarima miqdorining 15 foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi.