Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan “Romitantumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tezkor tadbirda, “S.S.” fermer xoʻjaligi rahbari S.R. fermer xoʻjaligiga qarashli issiqxonani oʻzboshimchalik bilan gaz tarmogʻiga ulab, davlat va jamiyat manfaatlariga 198,2 mln soʻm zarar yetkazganligi aniqlangan.
Departamentning Andijon tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ham Oltinkoʻl tumani, “Mirobod” MFY hududida issiqxona tashkil etilib, oʻzboshimchalik bilan, 103,8 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat kodeksining 185-2-moddasi bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib booilmoqda.