Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.S.” fermer xoʻjaligi rahbari va boshqalar oʻzaro til biriktirib, tijorat maqsadida "MTZ-80" motorli suv nasosi uskunasini tabiiy gaz tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 417 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi.
Departamentning Uchkoʻprik tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Sh.O." MCHJ rahbari О.Y. MChJ ishlab chiqarish sexidagi uskunalarni umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga yashirincha ulab, 286,2 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Shuningdek, Departamentning Buloqboshi tuman boʻlimi tomonidan va "Oʻzenergoinspeksiya"ning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “N.F-М.” MChJ energetigi А.З. va boshqalar MChJning ishlab chiqarish uskunalarini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 230 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari fosh etildi.
Departamentning Shofirkon va Romitan tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa “I.F.” fermer xoʻjaligi hamda “Ch.K.” MChJ masʼul shaxslari elektr suv nasoslarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, jami 122,6 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlandi.
Hozirda holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.