Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “Hududgaz Jizzax” gaz taʼminoti filiali yetakchi muhandisi Sh.I. (muqaddam JKning 214-moddasi bilan sudlangan) “X.S.” MCHJning tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi holati boʻyicha tuzilgan dalolatnomada hisoblangan 384,6 mln soʻm zararni kamaytirib berish evaziga MCHJ ish yurituvchisi D.D.dan 3 000 AQSH dollari pora talab qilib olgan vaqtida ushlanib, uning koʻrsatuviga asosan davom etgan tadbirda, filialning shartnomaviy-huquqiy boʻlimi boshligʻi B.R. sherigi yetakchi muhandis Sh.I.dan 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.