Qoraqalpogʻiston Respublikasi Soliq boshqarmasining 2 nafar bosh inspektori Nukus shahrida oziq-ovqat mahsulotlari chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi masʼuliyati cheklangan jamiyat faoliyatini tekshirish chogʻida, goʻyoki 213 mln soʻmlik soliq qonunchiligi buzilganini maʼlum qilib, ushbu summani 34 mln soʻmgacha kamaytirib berish evaziga MCHJ rahbaridan 2 ming AQSH dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda bosh inspektorlar tamagirlik yoʻli bilan 700 AQSH dollari va 15 mln soʻm pul mablagʻini sobiq soliq idorasi xodimi orqali olgan vaqtlarida ushlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan uch nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.