tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishda ularni bir vaqtning o‘zida birja tizimida akkreditasiyadan o‘tkazish tartibi joriy etiladi;
xorijiy yetkazib beruvchilar tomonidan davlat xaridlari tizimida ishtirok etish uchun majburiy tartibda elektron raqamli imzo olish talabi bekor qilinadi;
tadbirkorlarning yuqori likvidli va monopol bo‘lmagan mahsulotlarini birja savdolari orqali sotish uchun istiqbolli tovarlar seksiyasi tashkil etiladi;
tadbirkorlarga, o‘z xohishiga ko‘ra, birjadan tashqari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha birjaning hisob-kitob-kliring tizimi orqali kafolatli hisob-kitob xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratiladi;
mahsulotlarni “forvard” bitimlari asosida sotish tartibi birja savdolari orqali tuziladigan eksport-import shartnomalariga nisbatan ham qo‘llaniladi.
2022 yil 1 dekabrdan 2024 yil 1 yanvargacha quyidagi tovarlar ichki bozorda faqat birja savdolari orqali realizasiya qilinadi:
monopol va davlat ishtirokidagi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilgan po‘lat shar, metall list prokati, suyuq uglerod oksidi, texnik kislorod, kaustik soda, neft koksi, sintetik nafta, barda – ishlab chiqarish hajmining 100 foizi;
monopol bo‘lmagan va ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan yoki davlat ulushi mavjud bo‘lmagan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan:
metall list prokati va syement – ishlab chiqarish hajmining kamida 50 foizi;
paxtadan olingan chigit, paxta moyi (ekstraksiya paxta moyi), qayta ishlangan chigit chiqindilari (shrot, sheluxa) va iste’mol etil spirti – ishlab chiqarish hajmining 100 foizi.