Tadbirkorlarga prokuratura organlari tomonidan qanday yordam koʻrsatilmoqda?

    Mamlakatimizda 23 Yanvar 2021 716

    AOKAda oʻtkazilgan brifingda Bosh prokuratura boshqarma prokurori Xurshid Shuhratjonov mavzu yuzasidan maʼlumot berdi:

    — Tadbirkorlar, shu jumladan xorijiy investorlarga prokuratura organlari tomonidan 23 630 ta holatda turli masalalarda amaliy yordamlar koʻrsatildi.

    Jumladan:

    — 4 397 nafariga — 726,1 mlrd. soʻm kredit,

    — 965 nafariga — 20,1 ming gektar yer maydoni,

    — 249 nafariga — bino ajratilishi,

    — 2 729 nafariga — litsenziya va ruxsatnoma berilishi,

    — 3 675 nafari — muhandislik tizimlariga ulanishi bilan taʼminlandi.

    Buning natijasida 14 407 ta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etilib, faoliyat koʻrsatmayotgan 19 357 ta tadbirkorlik subyekti faoliyati tiklandi hamda 50 851 ta yangi ish oʻrni yaratildi.