Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax viloyati boshqarmasi va viloyat prokuraturasi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Sh.Rashidov tumani elektr tarmoqlari korxonasi boshligʻining oʻrinbosari Yu.U. va korxona hisobchisi M.Sh.lar oʻzaro til biriktirib, “G.S.” fermer xoʻjaligi rahbari Z.I.dan fermer xoʻjaligiga tegishli boʻlgan 40 gektar yer maydonini tomchilatib sugʻorish uchun elektr motor va hisoblash uskunasini oʻrnatish evaziga 2,5 mln. soʻm pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yu.U. va M.Sh.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.