Sportni rivojlantirish vazirligi xabariga koʻra, “YevroOsiyo kubogi-2022”ning ikkita yoʻnalishida 22 nafar hamyurtimiz Oʻzbekiston sharafini himoya qildi.

Quvonarlisi, hamyurtlarimiz xalqaro turnirda munosib ishtirok etib, medallar shodasi bilan yurtimizga qaytadigan boʻldi. Musobaqa yakuniga koʻra, sportchilarimiz 10 ta oltin, 10 ta kumush hamda 14 ta bronza, jami 34 ta medalni qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli 2-oʻrinni egalladi.