Ushbu nufuzli musobaqada Oʻzbekiston nomidan 21 nafar sportchimiz ishtirok etishi kutilmoqda. Shuningdek, 16-20-dekabr kunlari Minsk shahrida oʻsmirlar, yoshlar va kattalar oʻrtasida Jahon kubogi bahslari ham tashkil etiladi. Ushbu nufuzli musobaqada 64 nafar tayekvondochimiz ishtirok etish uchun ariza berishgan.

Oʻzbekiston tayekvondo ITF assotsiatsiyasi raisi Laziz Hasanov boshchiligidagi Oʻzbekiston sport delegatsiyasi ertaga, 13-dekabr kuni Minsk shahriga uchib ketadi.