Taekvondochilarimiz bugungi janglarni omadli boshladi

    Bugun Ozarbayjon mezbonlik qilayotgan taekvondo VT boʻyicha jahon chempionatining beshinchi kunida erkaklar va ayollar oʻrtasida yengil vazn toifalaridagi bellashuvlar boʻlib oʻtyapti.

    Sportchilarimiz kunni ajoyib gʻalabalar bilan boshladi. Jumladan, -46 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan taekvondochimiz Zuhra Tojimatova birinchi bosqichda marokashlik Neja Elasal ustidan gʻalaba qozonib, keyingi davraga yoʻl oldi. Ikkinchi bosqichda hamyurtimizga lesotolik Mishel Tau raqiblik qiladi.

    -54 kilogramm vazn toifasida jang qilayotgan Omonjon Otajonov esa ilk bosqichda kolumbiyalik Brayan Garridoni musobaqadan chiqarib yubordi. Endi u ikkinchi davrada ozarbayjonlik Sayyad Dadashov bilan jang qiladi.