Taekvondochilarimiz Jahon kubogida kumush medalni qoʼlga kiritdi

    Xitoyning Usi shahrida taekvondo WT boʼyicha “Katta dubulgʼa” turniridan soʼng jamoaviy yoʼnalishda Jahon kubogi tashkil etildi.

    Quvonarlisi, mazkur kubokda ishtirok etgan Oʼzbekiston terma jamoasi kumush medalga sazovor boʼldi.

    Musobaqa aralash jamoaviy yoʼnalishda oʼtkazildi.

    Hamyurtlarimiz chorak finalda Marokash, yarim finalda Janubiy Koreya vakillarini magʼlubiyatga uchratishga erishdi.

    Finalda yurtdoshlarimiz Xitoy jamoasiga magʼlub boʼlib, 2-oʼrinni egalladi.