Dastlab, 4-5 mart kunlari Klublar oʼrtasidagi Osiyo chempionati boʼlib oʼtadi. 6-9 mart oraligʼida anʼanaviy "Fajr Open" xalqaro musobaqasi oʼtkaziladi. 10-14 mart kunlari Osiyo taekvondo federatsiyasi Prezidenti kubogi boʼlib oʼtadi. 

Ushbu uchala turnir ham Eronning Kish orolida oʼtkaziladi. Unda Oʼzbekiston taekvondo terma jamoasi 19 nafar taekvondochi bilan ishtirok etadi.

"Eronga yoʼl oladigan delegatsiya tarkibini keyingi xabarlarimizda taqdim etamiz", deyiladi Oʼzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabarida.