Taekvondochilarimiz Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi

    Jahon chempionatida tarixiy natija qayd etgan taekvondochilarimiz yurtimizga qaytib keldi.

    Xabaringiz bor, joriy yilning 13–20 noyabr kunlari Meksikaning Gvadalaxara shahrida taekvondo bo‘yicha XXV Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

    Chempionatda O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida dunyoda oltinchi o‘rinni egalladi.

    Bugun sportchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi.

    Kutib olish marosimida Sportni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Shahrillo Mahmudov, O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi mutasaddilari, sportchilarning yaqinlari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.

    Maʼlumot o‘rnida:

    Jahon chempionati sovrindorlari: Svetlana Osipova (oltin), Niyaz Po‘latov (kumush), Nikita Rafalovich (bronza), Feruza Sodiqova (bronza).