Taekvondochilarimiz yuksak natija koʻrsatdi: 6 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza

    Taekvondo WT: Hamyurtlarimiz “Fujairah Open-2023” musobaqasini tarixiy natija bilan boshladi.

    Kecha BAAda taekvondo boʻyicha “Fujairah Open-2023” musobaqasi start oldi. Turnirda 34 davlatdan kelgan 405 sportchi dayanga chiqdi. Dastlabki kunda kattalar toifasida gʻolib va sovrindorlar aniqlandi.

    Yoshlar siyosati va sport vazirligi xabariga koʻra, Oʻzbekiston taekvondo terma jamoasi aʼzolari musobaqalarda 6 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza, jami 9 ta medalni qoʻlga kiritdi. Eʼtirofli jihatii, Oʻzbekiston taekvondo terma jamoasi oʻz tarixida ilk bor bitta musobaqada 6 ta oltin medalga ega chiqib, oldingi natijalarini yaxshiladi.

    Musobaqada gʻolib boʻlgan sportchilar roʻyxati bilan quyida tanishishingiz mumkin:

    Oltin:

    Madinabonu Mannopova, Feruza Sadikova, Svetlana Osipova, Omonjon Otajonov, Ulugʻbek Rashitov, Nikita Rafalovich.

    Kumush:

    Najmiddin Qosimxoʻjayev, Ozoda Sobirjonova

    Bronza:

    Niyaz Poʻlatov.