Oʻzbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, ushbu musobaqalarda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 7 ta oltin, 6 ta kumush va 11 ta bronza medaliga ega chiqdi.
Kecha tunda sportchilarimiz yurtimizga qaytib keldi. Taekvondochilarni muxlislar, ularning yaqinlari va OAV xodimlari kutib oldi.