Ayni damda vakillarimiz musobaqa bo‘lib o‘tadigan Pattayya shahrida so‘nggi tayyorgarlik mashg‘ulotlarini olib borishmoqda.
Milliy paralimpiya qo‘mitasi Matbuot xizmatining xabar berishicha, para kanoe bo‘yicha Osiyo chempionatiga 24 mart kuni start beriladi va u 27 martga qadar davom etadi. Ushbu musobaqa joriy yil Xanjchouda bo‘lib o‘tadigan Para Osiyo o‘yinlariga yo‘llanma berishi bilan ahamiyatlidir.